BMT: xorijiy investitsiyalar oqimi pasaymoqda
Dunyo bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘i xorijiy investitsiyalar oqimi 2 foizga qisqardi. Bu investorlarning iqtisodiy istiqbolga ishonchi pastligi bilan bog‘liq. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferensiyasi shunday xulosaga keldi, deb yozadi «Kommersant».
2023-yil oxirida xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi $1,33 trillionga qisqardi. Bu 2022-yildagi tendentsiyaning davomi bo‘lib, Ukrainadagi mojaro tufayli bu ko‘rsatkich 12 foizga kamaydi.
Shu bilan birga, o‘tgan yili xorijiy investitsiyalar, asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, Xitoyda kamaydi.
Investitsiyalar hajmining qisqarishining sababi investorlarning iqtisodiy istiqboldagi ishonchsizligi bo‘lib qolmoqda – ham alohida davlatlarda, ham butun dunyoda.
Eslatib o‘tamiz, Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 2024-yilda 5,3 foizga oshadi.