Jahon bozorida oltin narxi 24-iyun, dushanba kuni 0,03 foizga o‘sib, $2322 yetdi, deb xabar bermoqda «Trading Economics» portali. Shu bilan birga, kumush narxi 0,13 foizga tushib, $29,5 tashkil qildi.
Birjada Nvidia (-3,81 foiz), Goldman Sachs (-1,56 foiz) va JPMorgan (-1,12 foiz) aksiyalari pasaygan. Tesla va Microsoft qimmatli qog‘ozlari esa mos ravishda 0,74 va 0,98 foizga o‘sdi.
Avvalroq «Kursiv» o‘tgan haftada bug‘doy narxi olti haftalik eng past darajaga tushganini e’lon qilgan edi.