Bu hafta O‘zbekistonni qanday ob-havo kutmoqda
eʼlon qilindi
25-28-iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bu hafta O‘zbekiston hududiga yana issiq havo oqimi kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar beradi.
Xabarda aytilishicha, 25-28-iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 20-25 daraja, kunduzi 25-iyunda 35-37 daraja, 26-28-iyun kunlarida esa 37-40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 28-iyun kuni ba’zi hududlarda 12-14 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda jazirama issiq va chang-to‘zonlar kutilayotgani haqida xabar bergan edik.