Doc-1 Max ishi bo‘yicha jabrlanganlarga 2,5 milliard so‘m to‘landi
Doc-1 Max ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga to‘langan tovon puli 2,5 milliard so‘mga yetdi. Pulni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevning onasi – «Jurabek Laboratories» farmatsevtika kompaniyasi boshqaruvchisi Munira Kariyeva taqdim etdi, deb xabar berdi «Daryo».
Kariyeva jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lashni 20 iyun kuni boshlagan. Jami Jurabek Laboratories hisobidan jami 76 milliard so‘m to‘lashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Kariyeva shu yilning may oyi o‘rtalarida Toshkent shahar sudiga shunday tashabbus bilan murojaat qilgan edi.
Kariyevaning qoʻshimcha qilishicha, «Jurabek Laboratories» birdaniga bu qadar katta mablagʻni bera olmaydi, chunki tashkilotda ikki mingdan ortiq xodimlar ishlaydi. Shu munosabat bilan kompaniya rahbari suddan jabrlanuvchilarga pul to‘lash uchun unga uch yil muddat berishni so‘ragan.
Avvalroq «Kursiv» Sardor Kariyev 18 yillik qamoq jazosi olgani haqida yozgan edi.