Dogʻistondagi terakt haqida nima maʼlum

eʼlon qilindi
Dushanba kungi vaziyatga ko‘ra
Foto: RIA Novosti

23-iyun, yakshanba kuni kechqurun Dogʻistonning Maxachqal’a va Darband shahrida qurollangan noma’lum shaxslar pravoslav cherkovlari, sinagogalar va yoʻl-patrul xizmati postiga hujum qildi. Bu haqda «Kommersant» xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida 15 dan ortiq politsiyachilar halok boʻlgani malum qilindi. Olti nafar jangari, jumladan, Dogʻistonning Sergokalinskiy tumani rahbari Magomed Omarovning oʻgʻillari ham oʻldirildi. Omarovning oʻzi hibsga olingan va xavfsizlik kuchlari tomonidan soʻroq qilinmoqda.

Hozircha qancha tinch aholi halok boʻlganlar soni oshkor etilmadi, lekin bir necha qurbonlar haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Hodisa natijasida ikki sinagoga va cherkov yonib ketdi.

Dogʻistonda uch kunlik motam e’lon qilindi. Mamlakatdagi tergov tadbirlari jangarilarning barchasi aniqlanmaguncha davom etishi ma’lum qilindi.

Terakt boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek