Bugun, 24-iyun sanasida Janubiy Koreyadagi lityum batareyalar zavodida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, ularning aksariyati chet el fuqarolari. Bu haqda xalqaro CNN nashri xabar berdi.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 10:31 da Seuldan 50 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Xvason shahrida joylashgan Aricell akkumulyator ishlab chiqaruvchi korxonada sodir bo‘lgan. Yong‘in soat 15:10 atrofida o‘chirilgan. Halok bo‘lganlarning ikki nafari koreyalik va 20 nafari xorijlik ishchilar bo‘lib, ularning aksariyati Xitoy fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Yong‘inga lityum-iondan noto‘g‘ri foydalanish va eski batareyalarning yonuvchan materiallar bilan foydalanilgani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Qozog‘istondagi savdo markazi hududida sodir bo‘lgan yong‘in haqida xabar bergan edi.