Oʻzbekistonda 2024-yil yanvar–may oylarida jami 162 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi, deya xabar berdi «Oʻzavtosanoat» axborot xizmati. E’lon qilingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Kia va BYD bozorda ikkinchi o‘rin uchun kurashmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur davrda eng koʻp avtomobil UzAuto Motors tomonidan (144,8 ming dona) ishlab chiqarilgan. Keyingi oʻrinlarda ADM Jizzakh (11,6 ming), BYD Uzbekistan Factory (5,6 ming) kompaniyalari joy odi.
«O‘zavtosanoat» ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada jami oltita avtomobil ishlab chiqaradigan zavod mavjud. Ammo BYD Uzbekistan Factory va Jizzakh Auto korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar qatoriga Completely Built Unit (CBU) mashinalari ham kiradi. Bu so‘zma-so‘z «to‘liq yig‘ilgan» degan ma’noni anglatadi. Ba’zida bunday mashinalar zavodda qo‘shimcha ravishda tekshiriladi, lekin umuman olganda ular sotuvga tayyor.
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan brendlarga e’tibor qaratadigan boʻlsak, Chevrolet yaqqol yetakchilik qilmoqda (144,8 ming). Ushbu hajmdan 142,9 ming dona sotilgan. Ikkinchi o‘rinda Kia Ishlab chiqarilgan 7,4 mingta avtomobildan 5,9 mingtasi sotilgan. BYD biroz kamroq mashina sotdi (5,6 ming), ishlab chiqarish hajmi esa sotish hajmi bilan deyarli bir xil edi. Ushbu statistik ma’lumotlardan aniq ko‘rinib turibdiki, sotilgan avtomobillar hajmi bo‘yicha Kia va BYD juda yaqin.
Avvalroq «Kursiv» o‘tgan juma kuni respublikada Cobalt uchun shartnomalar qanday tuzilgani haqida yozgan edi. Savdo boshlanganidan keyin UzAuto Motors sayti texnik nosozliklarga duch keldi. Ammo shunga qaramay kun oxiriga kelib, avtomobil sotib olish bo‘yicha 25 mingta shartnoma tuzildi.