Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat imzolandi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning samarali muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda O‘zR rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yetakchilar davlatlararo munosabatlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladi.

Davlat tashrifi davomida jami 14 ta hujjat imzolandi. Savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi 2024–2026-yillarga moʻljallangan hukumatlararo dastur, turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim, xalqaro avtomobil aloqasi toʻgʻrisida hukumatlararo bitimlar shular jumlasidan.

Avvalroq «Kursiv» Koʻksaroyda Moʻgʻuliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek