Oʻzbekistondagi qaysi banklar tomonidan yuqori foizli omonatlar taklif qilinmoqda
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda koʻplab banklar tashkil etilishi orqasidan banklar oʻrtasidagi raqobatlar kelib chiqyapti. Shu sababdan banklar mijozlar uchun bir-biridan jozibador takliflarni berishga harakat qilmoqda. «Kursiv» bugungi kunda banklar tomonidan taklif qilinayotgan soʻmdagi eng yuqori foizli omonatlarni oʻrganib chiqdi.
Davr bank
Bugungi kunda «Davr bank» mijozlar uchun eng yuqori foizli omonatlarni taklif qilayotgan banklardan biri hisoblanadi. Bankda yillik 27 foiz bilan omonatlarni qoʻyish mumkin. Omonat muddati esa 24 oyni tashkil qiladi. Minimal summa 100 ming soʻm boʻlsa, omonat toʻldirib borish dastlabki 6 oy uchun mavjud. Ochish usuli bank ofisi yoki mobil ilova orqali amalga oshiriladi.
TBC Bank
Eng yuqori foiz omonatlarini taklif qilayotgan banklardan yana biri TBC Bank hisoblanadi. Bankdagi foiz stavkasi 27 foizni tashkil qiladi. Muddati 24 oy boʻlib, minimal summa 100 ming soʻm etib belgilangan. Bankda mablagʻ kiritish mavjud emas. Omonat mobil ilova orqali amalga oshiriladi.
Anorbank
Banklar tomonidan 27 foizlik omonatlarni «Anorbank» yakunlab beradi. Yuqoridagi ikkita bankdan farqli oʻlaroq «Anorbank»da omonat muddati 25 oygachani tashkil qiladi. Minimal summa 1 mln soʻm etib belgilangan. Mablagʻ kiritish mavjud emas. Omonat mobil ilova ochiladi.
Asia Alliance Bank
Bank mijozlarga 25 foizdan omonat qoʻshishni taklif etadi. Omonatni qoʻshish muddati ham qolgan banklardan sezilarli darajada farq qiladi, ya’ni 12 oy etib belgilangan. Minimal summa 1 mln soʻm boʻlsa, qo‘shimcha mablagʻ kiritish mavjud emas. Omonat bank ofislarida ochiladi.
Ipak yoʻli banki
«Ipak yoʻli banki»da ham omonatlarni 25 foizdan rasmiylashtirish mumkin. Omonat muddati «Anorbank» singari 25 oygacha belgilangan. Minimal summa 1 mln soʻm boʻlib, mablagʻ kiritish mavjud emas. Omonat mobil ilova orqali rasmiylashtiriladi.
Kapitalbank
“Kapitalbank»da omanat foizi 25 foiz boʻlib, Muddati 36 oygachani tashkil qiladi. Minimal summa 1 mln soʻm etib belgilangan. Keyinchalik mablagʻ kiritish mavjud emas. Omonatlar bank ofisi yoki mobil ilova orqali rasmiylashtiriladi.
Ma’lumot uchun, banklarda omonatni muddatidan oldin yechib olishda shartlar oʻzgarishi mumkin.
Eslatma: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Keyinchalik omonat shartlari oʻzgarishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» avtokreditlarni qaysi banklardan va qanday stavkalarda rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabar bergan edi.