«Rossiya pochtasi» mijozlari shoshilinch pul o‘tkazmalari xizmatidan – O‘zbekistonga PostTransferdan foydalanishlari mumkin. Bu haqdagi bayonot tashkilot saytida e’lon qilingan.
O‘zbekiston pochtasi bo‘limlarida pul olish uchun o‘tkazma raqamini ko‘rsatish kerak. Transfer narxi 1 foizni tashkil qiladi.
«Rossiya pochtasi»ning ta’kidlashicha, o‘tkazmaning maksimal summasi 300 ming rubl yoki 24-iyundagi kurs bo‘yicha $3,4 mingni tashkil qiladi.
Bungacha tashkilot Armaniston, Belarus va Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygan.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyi o‘rtalarida Rossiyaning PSB banki O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.