Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi terrorchilik harakatlari sabab Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prizedent matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Mahachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari sabab Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon boʻlgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston yetakchisi Dogʻistondagi terrorchilik hujumlarini qat’iy qoraladi hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Avvalroq «Kursiv» Rossiya Crocusʼdagi teraktning tergov jarayonlarida yordam bergani uchun Oʻzbekistonga minnatdorchilik bildirgani haqida xabar bergan edi.