«Silk Avia» aviakompaniyasi Toshkent va Zomin o‘rtasida muntazam qatnovlarni tikladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga Zomindagi aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini ta’mirlash ishlari yakunlangani sabab bo‘ldi.
Parvozlar har kuni Let L-440 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bir tomonga chipta narxi 109 ming so‘mdan, ikki tomonga 217 ming so‘mdan boshlanadi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning iyun oyidan Ural Airlines Moskva va Samarqand o‘rtasida parvozlarni boshlagani haqida yozgan edi.