Yangiliklar

Telegram asoschisi Durov Qirg‘izistondan keyin Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham sayohat qilmoqchi

Telegram asoschisi Qirg‘izistondan mamnun bo‘ldi
Rasm: @durov / Instagram

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Qirg‘izistonga qilgan safaridan mamnun bo‘lib, mintaqaning boshqa joylariga ham borish niyatini ma’lum qildi. Bu haqda tadbirkor o‘zining Telegram-kanalida yozgan.

 «Qirg‘iziston xalqi va tabiatiga oshiq bo‘ldim. Bu mamlakat haqiqatan ham Markaziy Osiyoning yashirin marvarididir. (…) Rahmat, Qirg‘iziston, biz tez orada qaytamiz. Sening mehmondo‘stliging meni go‘zal Markaziy Osiyoga bo‘lajak sayohatlarimga ilhomlantiradi», dedi Durov.

Rasm: Pavel Durov Telegram-kanali

Durovning aytishicha, safar chogʻida Qirgʻizistondagi telekommunikatsiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashgan. Hozirda Telegram’dan ushbu mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi foydalanadi.

Avvalroq «Kursiv» Durov Issiqko‘lga yetib kelganini e’lon qilgan edi.