Bugun, 24-iyun kuni Toshkent shahrida Moʻgʻuliston elchixonasi rasman ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning ommaviy axborot vositalari vakillari oldidagi bayonotida ma’lum qilindi.
«Moʻgʻuliston biz uchun Osiyo mintaqasidagi an’anaviy va ishonchli hamkordir. Oʻzbekiston – Moʻgʻuliston munosabatlari doʻstlik, oʻzaro hurmat va qoʻllab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan boʻlib, konyunkturaga bogʻliq emas», dedi Oʻzbekiston prezidenti.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjatni imzolagani haqida xabar bergan edi.