25-iyun kuni abituriyentlarni roʻyxatga olish yakunlanadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024/2025-o‘quv yili uchun
Foto: Pixabay

Bugun, 25-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni roʻyxatga olishning soʻnggi kuni boʻlib, soat 23:59 da roʻyxatdan oʻtish toʻliq yakunlanadi.

Qabulning soʻnggi kunlarida roʻyxatdan oʻtuvchi abituriyentlar soni keskin ortishi sababli abituriyentlardan imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish tavsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, abituriyentlar my.uzbmb.uz saytidan roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Statistika agentligi taqdim qilgan ma’lumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–may oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 9,3 mlrd soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,4 foizini tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» oliy oʻquv yurtlariga hujjatlar qabuli boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek