Qarashlar

«AES tezroq qurilsin»: jizzaxliklar atom elektr stansiyasi haqida qanday fikrda?

"Kursiv" muxbiri Jizzax viloyatiga borib, mahalliy aholi bilan suhbatlashdi
Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»

O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasining (AES) birinchi bloki 2029-yilda ishga tushishi kerak. Olti blokning barchasi 2033-yilgacha foydalanishga tayyor bo‘ladi. AES Tuzkon ko‘li yaqinida paydo bo‘lishi kerak. «Kursiv» muxbiri respublikadagi birinchi atom elektr stansiyasi haqida mahalliy aholining fikrini bilish maqsadida Jizzax viloyatiga bordi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida shu yilning may oyida kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi. Bosh pudratchi «Rosatom» bo‘ladi.

«Yozning oxiri – sentabr oyining boshida qurilish maydonchasida tadqiqot ishlari, shuningdek, mutaxassislar uchun lager va qurilish uchun infratuzilma qurilishi boshlanadi», deyiladi «Rosatom» matbuot xizmati xabarida», deya xabar berdi «Kursiv»ga «Rosatom».

AES qurilishi va mahalliy aholining ushbu loyihaga boʻlgan fikrini bilish uchun «Kursiv» muxbiri Forish tumanining Uchquloch qishlogʻiga yetib keldi.

Suratda mahalliy aholi mototsiklda ketmoqda. Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»

Obyekt Forish tumaning Uchquloch qishlogʻidan 8 – 10 kilometr uzoqlikda qurilishi mo‘ljallangan. AESning umumiy quvvati 330 MVt bo‘ladi (har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor).

Hozir u yerda «OʻzGASHKLITI» loyiha-qidiruv tashkiloti muhandislik geologiya qidiruvlarini olib bormoqda. Bu MCHJ qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tadqiqot instituti hisoblanadi.

Forish tumani. Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»

AES barpo etilishi viloyat uchun qulay infratuzilma, ish oʻrni, energiya quvvati oshishi va mahalliy aholi uchun boshqa yengilliklar va imkoniyatlar yaratadi, dedi «Kursiv»ga qishloqda yashaydigan Alijon ismli o‘rta yoshli fuqaro.

Qishloq aholisining aytishicha, qishda elektr energiya quvvati 200 kVt dan oshadi, yozda esa ikki baravar – 100 kVt dan pastga tushadi. Bunday o‘zgarishlar energiya yetishmasligi tufayli konditsionerlar va boshqa jihozlardan foydalanishni imkonsiz qiladi. Bunga sabab fermerlar yerlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini o‘rnatgan, deydi mahalliy aholidan biri.

«AES tezroq qurilsin. AES qurilsa, ish oʻrinlari koʻpayadi, elektr energiyadan muammolar boʻlmaydi va sharoit, imkoniyatlar yaratiladi», dedi u.

Uchquloch qishlogʻi. Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»

Aholining aytishicha, tirikchilk uchun Aydarkoʻlda baliq ovlash ko‘pchilik uchun muhim edi, ammo endi ovlash uchun litsenziya talab qilishyapti. Chorvachilik ham asta-sekin yoʻq boʻlib bormoqda.

Logistika masalasi ham muammolardan biri, qishloqdan tumanga borish uchun avtobus, taksi xizmatlari joriy etilmagan. Forishdan qishloqqacha yoʻl ayanchli ahvolda.

Shu sabablarga ko‘ra mahalliy aholi AES qurilishi bilan bog‘liq kelajakdagi o‘zgarishlarni intiqlik bilan kutmoqda.

Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»

AES qurilishi Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Uchquloch qishlogʻining yonida va Tuzkon ko‘li tarafida boʻlib oʻtadi.

Atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan joy yaqinida. Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»

Ekspertlar fikriga ko‘ra, 2030-yilga borib, respublikada elektr energiyasiga ehtiyoj ikki barobarga oshadi. Bu talabni qondirish – ulkan muammo. AES qurilishi ana shu murakkab masalani hal qilishning eng samarali yoʻlidir.

«Dunyodagi deyarli barcha yetakchi davlatlar oʻz energetik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini atom energetikasi hisobiga ta‘minlamoqda. Agar biz Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida oʻylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega», dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan joy yaqinida. Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»
Atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan joy yaqinida. Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»
Atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan joy yaqinida. Rasm:Roman Fedotov/ «Kursiv»
Tuzkon ko‘li. Rasm: Roman Fedotov/ «Kursiv»

Avvalroq «Kursiv» kichik atom elektr stansiyasining birinchi blokini ishga tushirish 2029-yil oxiriga rejalashtirilganini e’lon qilgan edi.