Denov bozorlaridan birida yong‘in chiqdi – video
Yong‘in 25-iyun tunida, soat 02:12 da Surxondaryo viloyati Denov tumani Bobur mahallasidagi bozorda sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati shunday xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yong‘in «Bek» MCHJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida kelib chiqqan. Uning oqibatda 90 kvadrat metr maydoniga teng 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklarga zarar yetdi.
02:20 da Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va 03:50 da yong‘inni batamom o‘chirgan.
Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq, Janubiy Koreyadagi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in haqida ham xabar bergan edik.