Julian Assanj Buyuk Britaniyadagi qamoqdan ozod qilindi

eʼlon qilindi
U besh yildan ko‘proq vaqtni qamoqda o‘tkazdi
Rasm: Euronews.com

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh rasmiylari bilan kelishuvga erishgach, qamoqdan ozod etildi. Uning ozod etilishi haqidagi bayonot X ijtimoiy tarmogʻidagi portal sahifasida e’lon qilingan.

«Julianning ozodligi, bu – bizning ozodligimiz», deyiladi WikiLeaks xabarida.

Assanj besh yildan ortiq Britaniyada qamogʻida oʻtirdi. Ma’lum qilinishicha, u garov evaziga ozod qilingan, soʻngra Shimoliy Mariana orollariga yoʻl oladi va u yerda sud jarayoni oʻtkaziladi.

Avstraliya rasmiylariga koʻra, Assanj oʻz aybiga iqror boʻlgach, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Britaniyada qamogʻida oʻtirgan vaqti belgilangan muddatgacha hisobga olinadi. Bu Assanjga ozodlikka chiqish imkonini beradi.

AQSh rasmiylari WikiLeaks asoschisini mamlakat Mudofaa vazirligining maxfiy ma’lumotlarini tarqatishda ayblagan edi. AQSh Adliya vazirligi ham Assanjga qarshi oʻndan ortiq ayblovlar qoʻygan.

Assanjning ozod etilishi Kuba, Kolumbiya va Meksika rasmiylari tomonidan yaxshi kutib olindi. Biroq AQSh bosh vazirining sobiq oʻrinbosari Mayk Pens Assanj va Vashington oʻrtasidagi kelishuvni tanqid qilib, uni xato deb atadi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning aprel oyida TikTok ijtimoiy tarmogʻi egasi ByteDance amerikalik kongressmenlarga soʻz erkinligi haqida eslatganini e’lon qilgan edi. Kompaniya bu murojaatni AQShdagi ehtimoliy blokada tufayli qilgan.

Shuningdek