Qaysi sohalarda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni koʻp

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Respublikada jami 14,3 mingta xorijiy kapital ishtirokidagi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda
Foto: zhuzhu / depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14,3 mingta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan 4,4 mingtasi qoʻshma va 9,9 mingtasi xorijiy korxona hisoblanadi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Korxonalar sohalar kesimida quyidagicha:

savdo sohasida – 5,05 mingta;

sanoat sohasida – 3,15 mingta;

qurilish sohasida – 1 mingta;

axborot va aloqa sohasida – 0,97 mingta;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 0,55 mingta;

tashish va saqlash sohasida – 0,5 mingta;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 0,4 mingta;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 0,2 mingta;

boshqa sohalarda – 2,5 mingta.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda qancha xorijiy korxona tashkil etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek