Bugun, 26-iyun kuni Oʻzbekistonda havo quruq va issiq boʻladi. Respublikaning janubiy hududlarida havo 42 daraja isishi kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Boshqa viloyatlarda kunduzi havo harorati 34-39 daraja issiq boʻladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin. Yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 37-39 daraja issiq va kechasi 22-24 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 27-32 daraja issiq va kechasi 15-20 daraja iliq boʻladi.