Uorren Baffetning «Berkshire Hathaway» kompaniyasi Xitoyning elektr transport vositalarining eng yirik sotuvchisi BYD’dagi aksiyalarini sotishni tezlashtirdi. Bu haqda xalqaro «Reuters» nashri xabar qildi.
Berkshire 19-iyun kuni BYDning chiqarilgan H-aksiyalaridagi ulushini 5,99 foizga kamaytirgani ma’lum bo‘ldi. 11-iyun kuni ulushlar 7,02% ni tashkil etgan.
Qayd etish joizki, Baffet kompaniyasi BYD kompaniyasiga 2008-yilda sarmoya kiritishni boshlagan, o‘shanda u taxminan 225 million aksiya uchun 230 million dollar to‘lagan, bu esa 10% ulushga teng edi.
Shuningdek, Berkshirening temir yo‘l, kommunal xizmatlar va energetika xarajatlaridan tashqaridagi naqd pul ulushi 182,3 milliard dollarni tashkil etgan. 4-may kuni Berkshire’ning yillik yig‘ilishida Baffet bu chorakda ko‘rsatkichlarni 200 milliard dollargacha o‘sishi mumkinligini ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, BYD o‘tgan yili dunyodagi eng yirik elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida milliarder Ilon Maskning «Tesla» kompaniyasini ortda qoldirdi. Ammo Tesla birinchi chorakda birinchi o‘rinni qaytarib oldi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda qanday yangi BYD modeli paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 29-iyun kuni BYD tashkilotchiligida O‘zbekistonning 16 shahrida marafonlar o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.