Dollarning narxi ketma-ket beshinchi kun pasaymoqda
eʼlon qilindi
Uning narxi 12 580,27 so‘mni tashkil qildi

26-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 6,14 so‘mga pasaydi va 12 580,27 so‘mni tashkil qildi.
Bugun mamlakatning moliya institutlari dollarni 12 525 – 12 580 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 600 – 12 645 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 25-iyun kuni AQSh valyutasining narxi 13,51 so‘mga pasaygan edi.