Oʻzbekiston fuqarolari Yaponiyaga ishga jalb etiladi

eʼlon qilindi
Yaponiyaning "Haneda Turtle Service" kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Foto: Torsakarin / depositphotos.com

Oʻzbekiston fuqarolari Yaponiyaga ishga jalb qilinadi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 25-iyun kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yaponiyaning «Haneda Turtle Service» kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston fuqarolarini Yaponiyada texnik stajyorlik va maxsus malakali ishchi dasturlari doirasida logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yoʻnalishlarida ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish boʻyicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish, bu borada Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Avvalroq «Kursiv» Yaponiya Oʻzbekistonning «MVision» kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek