Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati milliy sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatidan mamnun

eʼlon qilindi
Bu haqda farmatsevtika kompaniyasi STADA o‘z tadqiqotida ma’lum qildi
Foto: Y-Boychenko / depositphotos.com

Oʻzbekiston aholisining 68 foizi sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatidan qoniqishini ta’kidladi. Bu haqda STADA farmatsevtika kompaniyasi oʻzining «STADA Health Report – 2024» tadqiqotida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakat aholisi asosan, dori vositalarining mavjudligi, shifokorlar va farmatsevtlarning kasbiy mahorati, shuningdek, tibbiyot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikning muntazam ravishdagi ijobiy tajribasi tufayli qoniqishini bildirdi.

Qoʻshni Qozogʻistonda bo‘lsa, aholi sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatidan koʻproq norozi (67 foiz) ekanligini koʻrish mumkin. Oʻzbekistonda ijobiy tendensiyaga qaramay, respondentlarning 28 foizi tibbiyot muassasalarida xizmat koʻrsatishning past darajasi, 22 foizi profilaktik koʻrikdan oʻtish imkoni mavjud emasligi va 19 foizi esa shifokor qabulini tashkil etishda qiyinchiliklarga duch kelganini qayd etgan.

Tadqiqotga koʻra, global soʻrovnoma ishtirokchilarining 48 foizi sogʻliqni saqlash siyosatini ishlab chiquvchilar bu sohada kerakli tajribaga ega boʻlishi kerak deb hisoblaydi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda benzin va dori-darmon narxining oshishi aholini tashvishga solayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek