O‘zbekistonga 44° issiq havo yaqinlashmoqda

eʼlon qilindi
Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Piqsels

27-iyun, payshanba kuni Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +44° gacha ko‘tariladi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Sinoptiklarning ma’lumotlariga koʻra, 28 va 29-iyun kunlari ushbu hududlarda oʻrtacha kunlik havo harorati kunduzi +38…+43°, kechasi — +23…+28° boʻladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 27 – 29-iyun kunlari kunduzi +35…+40°, kechasi +22…+27° issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda konditsioner sotib olish va o‘rnatish qanchaga tushishi haqida yozgan edi.

Shuningdek