OpenAI Xitoyda sun’iy intellekt vositalariga kirishni bloklaydi
OpenAI texnologiya giganti Xitoyda sun’iy intellekt (SI) vositalarini cheklash uchun qoʻshimcha choralarni koʻrmoqchi. Bu haqda «Bloomberg» nashri xabar berdi.
Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, kompaniya xitoylik ishlab chiquvchilarga murojaat yuborgan, unda Xitoyda OpenA vositalarini blokirovka qilish rejalari haqida soʻz boradi. Bunga javoban mahalliy bozor ishtirokchilari, jumladan, Alibaba va Tencent dasturchilarni mahalliy mahsulotlarga oʻtishga chaqirishdi.
Nashrning qayd etishicha, OpenAI harakatlarining sabablari oshkor etilmagan. Biroq ular Vashingtonning Xitoyga ilgʻor sun’iy intellekt texnologiyalariga kirishini cheklaydigan umumiy tendensiyasiga mos keladi.
Rasmiy ravishda OpenAIʼning sun’iy intellekt vositalari oldin Xitoyda mavjud emas edi, lekin mahalliy ishlab chiquvchilar avvalroq texnologiyaga kirish uchun vaqtinchalik yechimlardan foydalangan. Endi ishlab chiqaruvchi kompaniya bu harakatlarga qarshi kurashishga va’da beradi.
Avvalroq «Kursiv» OpenAI yaratuvchilaridan biri oʻzining sun’iy intellekt startapiga asos solgani haqida xabar bergan edi.