O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish jazolanadi

eʼlon qilindi
25 BHMgacha jarimaga tortiladi
Rasm: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

O‘zbekistonda bolaga qonunga xilof ravishda diniy tarbiya bergan ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi, deya xabar beradi muassasa sayti.

Hujjat «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» deb nomlandi. Unda O‘zRning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 47-modda qo‘shilishi nazarda tutilgan.

Yangilik bolalarni diniy ta’limga noqonuniy jalb qilgan ota-onalar yoki vasiylar uchun 15 ta bazaviy hisoblash miqdori (BHM) jarimaga tortilishi mumkin. Takroriy qoidabuzarlik uchun jarima 25 BHMgacha oshiriladi. Bundan tashqari, 15 sutkagacha hibsga olish nazarda tutilgan.

Ota-onalarga litsenziyasiz tashkilotlar va tegishli ma’lumotga ega bo‘lmagan va ruxsati bo‘lmagan shaxslarni farzandlarining diniy ta’lim-tarbiyasiga jalb etish taqiqlanadi.

Avvalroq «Kursiv» diniy bloger Abror Muxtor Aliy hibsga olingani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek