O‘zbekistonliklar o‘zlarining tashqi ko‘rinishidan mamnun

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Stada ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Kursiv

«Stada» farmatsevtika kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan «STADA Health Report – 2024» jamoatchilik fikrini o‘rganishda O‘zbekiston fuqarolarining 78 foizi o‘z tashqi ko‘rinishidan mamnun va bu 23 davlat orasida eng yaxshi natijadir.

Taqqoslash uchun: global hisobotda bu ko‘rsatkich 49 foizni tashkil qiladi.

Tashqi ko‘rinishidan qoniqmaydiganlarning 37 foizi ortiqcha vazn bilan, 14 foizi esa uning yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Shuningdek, respondentlarning 6 foizi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini boshqalar bilan solishtirishganda tashqi ko‘rinishidan qoniqmasligini bildirgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari jismoniy salomatlik darajasini yuqori baholaydilar – respondentlarning 71 foizi o‘z tanasining holatidan qoniqish hosil qilishadi.

O‘zbekistonliklar salomatlikni saqlash uchun sport bilan shug‘ullanadiganlar (38 foiz), faol ijtimoiy hayot kechiradiganlar (35 foiz) va sog‘lom ovqatlanishga (28 foiz) rioya qiladiganlar.

So‘rov 23 mamlakatdan 18 yoshdan 99 yoshgacha bo‘lgan 46 ming ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazildi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilda O‘zbekistonda sportni rivojlantirish uchun 2 trillion so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek