O‘zbekistonliklarning deyarli 90 foizi o‘zini baxtli hisoblaydi
O‘zbekiston aholisining 87 foizi o‘zini baxtli his qilmoqda, bu 23 davlat orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Buni «STADA Health Report – 2024» jamoatchilik fikrini o‘rganish ma’lumotlari tasdiqlaydi.
O‘zR baxtlilik darajasi so‘rovida qatnashgan mamlakatlardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20 foizga yuqori.
Respondentlarning qolgan 13 foizi yolg‘izlik hissi tufayli baxtni boshdan kechirmaydi. Ularning 26 foizi yaqinlaridan ayrilgan, 16 foizi yolg‘izlikni masofadan ishlash holati, 15 foizi esa ish va hayot muvozanatining yo‘qligi bilan bog‘lagan.
18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishda (25 foiz) yoki ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tkazish va kompyuter o‘yinlarini o‘ynash (22 foiz) tufayli yolg‘izlikni boshdan kechirmoqda.
Ishtirokchilarning 29 foizi yanada qulayroq dam olish tadbirlari ushbu muammoni yengishga yordam beradi, deb hisoblaydi, 26 foizi ish va hayot muvozanatini yaxshilashda yechimni ko‘radi, 19 foizi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan vaqtni qisqartirishni taklif qiladi.
Eslatib o‘tamiz, xuddi shu tadqiqotda o‘z tashqi ko‘rinishidan mamnun odamlar O‘zbekistonda yashashi aytilgan.