Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi

eʼlon qilindi
Jami 41 nafar jurnalist taqdirlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Bu haqda prezident Farmoni imzolandi.

Farmonga koʻra, turli ordenlar va medallar bilan jami 41 nafar jurnalist taqdirlandi. Shulardan ikki nafari «Mehnat shuhrati» ordeni, «Doʻstlik» ordeni bilan esa 11 nafar jurnalist taqdirlandi.

Shuningdek, II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan uch nafar, «Sogʻlom turmush» medali va «Kelajak bunyodkori» bilan bir nafardan jurnalist mukofotlandi. 23 nafar soha xodimlari esa “Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

Toʻliq roʻyxat bilan prezident Farmonida tanishish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek