26-iyun, chorshanba kuni Toshkentning Sergeli tumanida gaz qisman o‘chirildi, deb xabar berdi «Hududgaz Poytaxt». Tumanda soat 17:00 gacha ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Gaz ta’minoti Sohibqiron mahallasidagi 936 xonadonda, «Yangi Sergeli»da esa 1,1 ming xonadonda to‘xtatilgan.
Hamda Egzulik va Daryo bo‘yi mahallalarida 1,6 ming xonadon va 1,1 ming xususiy uyda gaz yo‘q.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda gaz qazib olish 5,2 foizga kamaygani haqida yozgan edi.