26-iyun kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 samolyoti Zomin aeroportiga qo‘ndi, deb xabar bermoqda Pressuzb Telegram kanali.
Zomin aeroporti birinchi marta xalqaro reysni qabul qildi. Oʻzbekiston aviakompaniyasining parvozi «Urumchi – Zomin» yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirildi.
Zomindagi aeroport 2023-yil sentabr boshida ochilgan. Aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi, aerodrom, boshqaruv minorasi va samolyotlar uchun to‘xtash joyini o‘z ichiga oladi.
Avvalroq «Kursiv» Silk Avia loukoster aviakompaniyasi joriy yilning iyun oyi oxiridan Zominga parvozlarni tiklagani haqida e’lon qilgan edi. Chiptalar narxi 109 ming so‘mdan boshlanadi.