27-iyun kuni O‘zbekistonda +44 daraja issiq bo‘ladi

eʼlon qilindi
Aksariyat viloytlarda chang-to‘zonlar ko‘tariladi
Rasm: grapix / depositphotos.com

Bugun, 27-iyun kuni respublika bo‘ylab quruq va issiq ob-havo bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloytalrida havo harorati +44 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 41 darajagacha issiydi.

Tog‘li hududlarda ham havo biroz bulutli bo‘lishi ehtimoli bor, yomg‘ir yog‘maydi. Vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 35 darajagacha issiq, kechasi esa 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek