Yangiliklar

Dollarning o‘rtacha narxi 12 555 so‘mgacha pasaydi

Uning qiymati 25,11 so‘mga tushdi
Foto: Precondo / Pixabay

27-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 25,11 so‘mga pasaydi va 12 555,16 so‘mni tashkil qildi.

Respublikaning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 520 – 12 575 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 610 – 12 640 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  26-iyun kuni dollarning narxi 6,14 so‘mga pasaygan edi.