Tadbirkor va dasturchi, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov shu kunlarda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat qilmoqda, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar.
Masalan, «Новости Ташкентского неба» Telegram-kanalida kechasi bortida Durov va bloger Guseyn Gasanov bo‘lgan Embraer biznes-klass samolyoti Samarqand aeroportiga qo‘nayotgani haqida xabar qilindi. Samolyot Buxorodan uchib keldi.
Bundan tashqari, internetda Durovning Buxoroda sayr qilayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Gasanovning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Samarqand va Buxoroga sayohatidan bir nechta suratlar, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Otabek Umarov bilan birgalikda foto paydo bo‘ldi.
Avvalroq «Kursiv» Durov va Gasanovning Toshkentga safari haqida e’lon qilgan edi. O‘zbekistondan oldin Telegram asoschisi Qirg‘izistonga tashrif buyurgan edi. Ma’lumki, u yerda mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashgan. Durovning oʻzbekistonlik tadbirkorlar bilan aloqalari haqida ma’lumotlar hozircha xabarlar yo‘q.