O‘zbekiston terma jamoasining «JCH – 2026» uchinchi bosqichidagi raqiblari aniqlandi
Futbol bo‘yicha «Jahon chempionati – 2026» uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi «A»-guruhidan joy oldi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Guruhda O‘zbekistondan tashqari yana beshta jamoa bor: Eron, Qatar, BAA, Qirg‘iziston va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi.
O‘zbekiston birinchi bahsni KXDRga qarshi 5-sentabr kuni o‘tkazadi.
«Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga to‘liq ishonaman, mag‘lubiyatsiz seriyada ketyapmiz. Futbolchilar jarohat olmasdan, o‘z klubida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlari juda muhim», deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes qur’a natijalari eˆ’lon qilinganidan keyin.
Avvalroq «Kursiv» futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Parij Olimpiya o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘lganini e’lon qilgan edi.