O‘zbekiston YeTBda 10 foiz ulush oladi
O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) kapitalining qariyb 10 foiziga ega bo‘ladi. Bu haqda jurnalistlarga moliya tashkiloti rahbari Nikolay Podguzov ma’lum qildi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Toshkentning YeTBga qoʻshilishi bilan bogʻliq huquqiy masalalar 2024-yil oxirigacha hal etilishi rejalashtirilgan. Bank aksiyadorlari Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistondir.
2023-yil yanvar oyi o‘rtalari holatiga ko‘ra, aksiyalarning asosiy qismi Qozog‘iston va Belarusga tegishli – mos ravishda 37,3 va 5,2 foiz.
YeTB 2006-yil boshida yaratilgan. Bank Yevroosiyoni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritadi. 2024-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, bankning investitsiya portfeli $15 milliardga baholangan.
Moliyaviy muassasa mintaqaning energetika va tog‘-kon sanoatiga faol sarmoya kiritmoqda.
Avvalroq «Kursiv» prezident Shavkat Mirziyoyev may oyida O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha beshta tashabbusni ilgari surgani haqida e’lon qilgan edi.