Yangiliklar

O‘zbekistonda aholi yashaydigan joylarning 30 foizi yashil hududlarga aylantiriladi

2030-yilgacha
Rasm: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Oʻzbekistonda 2030-yilga borib aholi yashaydigan joylarning 30 foizini yashil hududlarga aylantirish rejalashtirilgan. Bu «Global asos – erta harakatni qo‘llab-quvvatlash» loyihasida ko‘zda tutilgan.

Dasturda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yiliga 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalar tashkil etish, davlat hayvonot bog‘larida yovvoyi hayvonlarni reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Biologik xilma-xillikning yangi milliy maqsadlari 2024-yil oktabr oyida Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya ishtirokchilarining 16-konferensiyasida taqdim etiladi.

Avvalroq «Kursiv» poytaxtdagi Abdulla Qodiriy nomidagi va Do‘stlik bog‘lari rekonstruksiya qilinishi haqida xabar bergan edi.