Oʻzbekiston kichik biznes toʻlovlarni telefon orqali qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi

eʼlon qilindi
Maxsus dastur PoS terminallarini smartfonlarga almashtirish imkonini beradi
Rasm: rawpixel/Depositphotos

O‘zbekistonda 12 mingta kichik biznes subyektlari smartfon orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha bepul dasturdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb xabar berdi «Kursiv»ga «Mastercard Strive» matbuot xizmati.

Dastur PoS terminallarini smartfonlarga almashtirish imkonini beradi. Uning ishlab chiqaruvchisi MayaSoft startapi.

Loyihani amalga oshirish uchun Accion notijorat tashkiloti va Caribou Digital kompaniyasi mas’ul bo‘lishadi.

Dasturga kirish uchun maxsus portalda ariza topshirish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, ro‘yxatga olish jarayoni avtomatlashtirilgan.

May oyi boshida mamlakatdagi kichik korxonalar tomonidan 4,8 trln so‘m soliq to‘langan. Taqqoslash uchun, 2023-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 3,9 trln so‘mni tashkil qilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilda hukumat tomonidan Buxoro viloyatidagi kichik biznes subyektlariga 2,1 trln so‘m ajratilishi haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek