Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
Bu haqda mamlakat prezidenti ma’lum qildi
Foto: Piqsels

2024-yil kuzida Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi (AES) qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi, deya xabar berdi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokayev.

Tokayev respublikada atom energetikasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

«Ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish muhim. Bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni xalq qabul qiladi», dedi Qozog‘iston rahbari.

Prezident referendumning aniq sanasini hukumat belgilashini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq «Kursiv» Jizzax viloyati aholisi atom elektr stansiyasi qurilishi haqida qanday fikrda ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek