Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi yangi loyihalarga start beradi

Davlat rahbari Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati festivalining tantanali ochilishida ham ishtirok etadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 27-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi hamda yangi loyihalarga start beradi.

Shuningdek, prezident Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati festivalining tantanali ochilishida ishtirok etadi.

Avvalroq «Kursiv» muxbiri respublikadagi birinchi atom elektr stansiyasi haqida mahalliy aholining fikrini bilish maqsadida Jizzax viloyatiga bordi.