SpaceX $210 mlrdga baholandi

eʼlon qilindi
Bu kompaniya uchun rekord hisoblanadi
Foto: Piqsels

Bloomberg xabariga ko‘ra, SpaceX kompaniyasining qiymati 210 mlrdga yaqinlashmoqda. Ilon Mask kompaniyasi o‘z aksiyalarini investorlarga har bir aksiya uchun 112 dollardan sotishni rejalashtirmoqda.

2023 yil oxirida kompaniya 175 mlrdga baholangan edi, «Bloomberg» ma’lumotlariga ko‘ra, 210 milliard dollar qiymati SpaceX uchun rekorddir.

Bugungi kunda SpaceX dunyodagi eng yirik sun’iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi. Kompaniya 5 mingdan ortiq Starlink kosmik sun’iy yo‘ldoshlariga ega.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil martida Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida yetakchilikni Jeff Bezosga boy bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek