Toshkentda Spark haydovchisi skuterni urib ketishga urindi. Bu haqda Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi o‘z telegram sahifasida rasmiy bayonot berdi.
Voqea 26-iyun kuni Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Spark haydovchisi skuterni izidan quvgan va ro‘parasidan chiqib qasddan urib ketishga uringan. Oqibatda skuter boshqaruvchisi jarohatlangan va shifoxonaga olib ketilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea tasvirga olingan video allaqachon tarqalib ulgurdi. Unda Spark haydovchisining skuter boshqaruvchisiga yetib olish uchun qilgan bir nechta qoidabuzarliklari aks etgan.
Boshqarmaning xabariga ko‘ra, Spark (raqami 01 K 316 LC) haydovchisi 34 yoshli B.I. va skuter boshqaruvchisi 24 yoshli B.A ismli shaxslar bo‘lgan. Ammo ushbu qoidabuzarlikka qanday chora ko‘rilganini hali ma’lum qilganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar – may oylarida O‘zbekistonda ro‘y bergan avtohalokatlar haqida xabar e’lon qilgan edik.