Urganch va Xiva shaharlarida Yandex Go xizmati ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Xizmatning minimal narxi 2500 so‘mdan boshlanadi
Foto: Yandex Go

Yandex Go taksi xizmati Urganch va Xivada shaharlarida ish boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Kursiv»ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xizmatning minimal narxi 2500 soʻmdan boshlanadi. Mijozlar xizmat uchun pul toʻlashda naqd yoki bank kartasidan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Kompaniyaning MDH mamlakatlarida rivojlanish boʻyicha direktori Kirill Svinsovning ta’kidlashicha, boy madaniy merosga ega, sayyohlar oqimi koʻp boʻlgan Xiva shahrida tarixiy joylarni koʻrish istagida boʻlganlar uchun mazkur xizmat orqali sayohatlar qulay boʻladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga kelib, Yandex Go Oʻzbekistonning 13 ta shahrida oʻz xizmatlarini yoʻlga qoʻygan.

Avvalroq «Kursiv» Yandex Go Termiz shahrida ish boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek