28-iyun kuni respublikaning aksariyat hududlarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Poytaxtda havo harorati 38-40 daraja issiq bo‘ladi
Rasm: Daria_ Nipot / depositphotos.com

Bugun, 28-iyun kuni Toshkentdan tashqari har bir viloyatda kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +42 darajagacha issiq bo‘ladi. Boshqa viloyatlarda havo harorati +40 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar bermoqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘lishi mumkin. Havo quruq va issiq bo‘ladi. Kunduzi havo 38-40 daraja issiq bo‘ladi, kechasi esa 25-27 daraja issiq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 27-32 daraja issiq bo‘ladi, kechasi esa 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek