Dollar biroz qimmatlashdi
eʼlon qilindi
Uning qiymati 2,51 so‘mga ko‘tarildi

28-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 2,51 so‘mga ko‘tarildi va 12 557,67 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatning tijorat banklari AQSh valyutasini 12 495 – 12 540 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 590 – 12 615 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuni dollarning o‘rtacha qiymati narxi 25,11 so‘mga pasaygan edi.