Ehtiyojmand oilalardan boʻlgan 110 ming talabaga toʻlov-kontrakt toʻlash uchun 332 milliard soʻm ajratildi. Bu haqda prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda ma’lum qildi.
Ta’lim kreditidan 151 ming oʻzbekistonlik yosh foydalanganini qoʻshimcha qildi. Ushbu chora-tadbirlar oliy ta’lim muassasalariga qamrovni 9 foizdan 42 foizga oshirish imkonini berdi. Respublikada oliy oʻquv yurtlari soni esa 2,8 baravarga oshib, 212 taga yetdi.
Oʻtgan yetti yil ichida Oʻzbekistonda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berildi.
Avvalroq «Kursiv» til oʻrgangan yoshlarning ayrimlari ragʻbatlantirilishi haqida xabar bergan edi.