Endi parranda go‘shti cheklovlarsiz eksport qilinadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Prezident bu haqdagi qarorni 27-iyun kuni imzoladi
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda parrandachilik mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi. Prezident bu haqdagi qarorni 27-iyun kuni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, endi kooperatsiya tizimiga asoslangan «Agroparranda klasteri» loyihasi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslar 2030-yilning 1-yanvar sanasigacha yer soligʻidan ozod etiladi. Joriy yilning 1-iyul sanasidan esa ushbu mahsulot (TIF TN kodi 0207) eksportidagi barcha cheklovlar bekor qilinadi.

Shu bilan birga, 2024-yil 1-oktabrdan Oʻzbekiston hududiga yangi soʻyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlarini olib kirishdagi bojxona imtiyozi bekor qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston AQShga zargarlik buyumlari eksportiga boj toʻlovlarini bekor qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek