Fuqarolar kredit tarixini qanday tekshirishlari mumkin
Fuqarolar kredit tarixini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bir yilda bir marta bepul tekshirishlari mumkin. Bu haqda portal axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oʻzbekistonliklarning kredit tarixi «Kredit-axborot tahliliy markazi» kredit byurosi tomonidan doimiy baholab boriladi. Unga koʻra, qarz oluvchilar 0 dan 500 gacha boʻlgan oraliqdagi skoring ball orqali baholanadi.
Ushbu oraliq quyidagi 5 guruh quyidagi boʻlinadi:
A – a’lo (400-500 ball);
B — yaxshi (300-400 ball);
C — oʻrtacha (200-300 ball);
D — qoniqarli (100-200 ball);
E — yomon (0-100 ball).
Ma’lumot uchun, kredit tarixi har kimda mavjud boʻlib, banklar va mikromoliya tashkilotlariga qarz oluvchining qanchalik ishonchli ekanini baholashga yordam beradi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi qaysi banklardan kredit karta rasmiylashtirish mumkinligi haqida maqola tayyorlagan edi.