Islom moliyasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga $2 mlrd olib keladi
Islom moliyasi Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) bilan vositachilik orqali 2028-yilgacha Markaziy Osiyo mamlakatlariga $2 milliard olib keladi. Bu haqda bankning Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan yillik yigʻilishida YeTB boshqaruvi raisi oʻrinbosari Ruslan Dalenov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «TASS».
«Islom moliyasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga yangi sarmoyalarni olib kelishi, moliya tizimini mustahkamlash, ichki moliyaviy resurslarni safarbar etish, moliyaviy mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va YeIB vositachiligida 2028-yilga borib aholi talabini qondirish uchun qoʻshimcha $2 mlrd olib kelishi mumkin», deydi Dalenov.
Uning soʻzlariga koʻra, bank islom moliyasi boʻyicha salkam 20 yillik tajribaga ega, bankning Markaziy Osiyo mamlakatlarida ofislarining mavjudligi, keng mijozlar bazasi va an’anaviy bank faoliyatini islom bankingi bilan uygʻunlashtirish imkoniyatlari borligini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bank 2024-yilda YTB Islom taraqqiyot banki (ITB) koʻmagida ichki hujjatlarni ishlab chiqadi va jarayonlarni yoʻlga qoʻyadi. 2025-yilda esa toʻliq formatda Islom oynasini ishga tushiradi.
Avvalroq «Kursiv» Islom moliyasi boʻyicha qonun loyihasi 2024-yilda parlamentga kiritilishi haqida xabar bergan edi.